-
Notifications
You must be signed in to change notification settings - Fork 0
/
americauz.txt
1 lines (1 loc) · 12.4 KB
/
americauz.txt
1
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America), Qoʻshma Shtatlar yoki shunchaki Amerika — Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti — Vashington shahri, BMT aʼzosi. AQSh Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Maydoni 9 373 000 km², aholisi 331 449 281 kishi (2020).AQSh — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2-yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi — qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq — Kongress, Prezident va Oliy suddir.Atlantika okeanining AQSh qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol — Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi AQSh hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida AQSh va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi 2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSh — foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Koʻmir, neft, gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. AQSh hududining deyarli hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. AQSh ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati −19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda −3,7° va iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida — dengiz iqlimi. NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati −0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (-64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.Oʻrtacha-yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida — 3000-4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1500 mmdan gʻarbda 3000 mm gacha. AQShning koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va boshqalar) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq, janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obʼyektlari orasida Iyellouston milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad gʻorlari bor. AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi boʻlib, ular 17-19-asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar koʻp asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir boʻldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin oʻzbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shugʻullanadilar. Hozirgi amerikalik oʻzbeklarning ota-bobolari 1917-yilgi oktyabr toʻntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afgʻoniston va Xitoyga oʻtib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida turli yoʻllar bilan u yerga borib qolgan oʻzbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi — 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana qarang Amerikaliklar). Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya, Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy holi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775-83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4 iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. J. Vashington Amerika Qõshma Shtatlarining birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. 19-asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861-65-yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident A. Linkoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914- 18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929-33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida F. Ruzvelt (1933- 45-yillarda AQSh prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6 iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda G. Trumen (1945-53-yillarda AQSh prezidenta) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53-yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956-75-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan AQSh — BMT, shuningdek Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12 fevralda oʻrnatgan.Milliy bayrami — Mustaqillik kuni — 4-iyul (1776).